Tramp Obamacare islohotini qisman to‘xtatib qo‘ydi

foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp sog‘liqni saqlash sohasidagi farmonga imzo chekdi. U muassasalarga olti yil avval kiritilgan islohotni bekor qilish jarayonida “tartibga solishni kamaytirish” vazifasini yuklaydi, deb xabar berdi Reyter agentligi.
Shuningdek, Oq uy yaqin vaqt ichida vazirliklarga iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha yangi qoidalarni kiritishni muzlatib qo‘yish maqsadida memorandum jo‘natadi. Bu Trampning saylovoldi va'dalarida aytilgandi.
Tramp va uning Respublikachilar partiyasi avvalgi prezident Barak Obama tomonidan amalga oshirilgan islohotni tezkorlik bilan bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu masala har ikki partiya uchun haddan tashqari siyosiy tusga ega bo‘ldi.
2010 yilgi sog‘liqni saqlash islohoti “Obamaning davolashi” (Obamacare) norasmiy nomini olgan bo‘lib, kam ta'minlanganlarga tibbiy sug‘urta bo‘yicha subsidiyalarni ko‘zda tutadi. Shu bilan bir vaqtda, barcha amerikaliklarga bunday sug‘urtani sotib olish majburiyati yuklatildi. AQSh sog‘liqni saqlash tizimi dunyodagi eng qimmat tizim sanaladi. Obamacare esa jamiyatda turli mojarolarni keltirib chiqardi. So‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarning deyarli yarmi islohotni bekor qilish tarafdori bo‘lib chiqdi. Biroq, shunga qaramay, taxminan 20 million kishi bu islohot tufayli birinchi marta sug‘urtaga ega bo‘ldi.
Qonun 2010 yilda faqatgina demokratlar ovozi bilan qabul qilingan bo‘lib, ular o‘sha payt kongressni nazorat qilishgan. Shundan so‘ng vakillar palatasida, keyinchalik senatda ham ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan respublikachilar qonunni bekor qilish uchun o‘nlab marotaba ovoz berishdi, biroq prezident vetosini chetlab o‘ta olishmadi. Oliy sud islohotning bir qator jihatlarini qo‘llab-quvvatladi. Respublikachilar ayni paytda demokratlar yo‘lidan ketmoqda va muxolifat bilan kelishmay turib o‘zgartirishlarni kiritishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bundesver strategiyasida Rossiya «ekzistensial xavf» deb ataldi
Jahon | 09:30
-
Kimga imtiyozli ijtimoiy xizmatlar uchun vaucher beriladi?
O‘zbekiston | 09:03
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020