Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz va payğambarimiz Muhammad Mustafo sollalohu alayhi vasallamga behisob salovotu durudlarimiz bölsin!

Alloh taolo olamlarni yaratar ekan, bu olamlar neça mingta bölsa, barçalarining orasida özaro nizomlarni joriy qilgandir. Alloh yaratgan barça mavjudotu maxluqotlar U tuzib bergan nizom ostida, Uning qonun-qoidalariga rioya qilgan holda hayot keçiradi va öz harakatida davom etadi.

Agar Alloh tuzib bergan qonunlarga amal qilinmasa, har bir mavjudot va maxluqot öz xohişi bilan iş köradigan bölsa, ana şunda qiyomat boşlanadi, hammayoq ostin-ustun böladi, falokatlar, fojialar va insonning közi körib, quloği eşitmagan voqea-hodisalar sodir böladi.

Xuddi şunday, yer şarini olib qaraydigan bölsak yoki çeksiz osmonda suzib yurgan, minglab, balki millionlab sayyoralar, yulduzlar va hokazo – barçasi Alloh taolo belgilab qöygan nizom orqali harakatlanadi. Uşbu nizomdan ozgina çetga çiqiladigan bölsa, katta-katta falokatlar böladi. Buni xozirgi kunda şu sohaning mutaxassis olimlari ham özlarining hisob-kitoblari asosida, uskunalari bilan körib, tekşirib, şunga iymon keltirişmoqda va e'tirof etişmoqda.

Ular koinot haqidagi turli taxminlarni, «Falon metiorit falon vaqtda kelib, töppa-töğri yerga urilar ekan», deganga öxşaş gaplarni tez-tez aytişni boşladilar. Lekin Alloh taolo özi belgilagan kun keladi, Qiyomat soatlari yaqinlaşadi, ana şunda barça sayyoralar, yulduzlar, quyoş, oy, yer şari – hammasi bir-biri bilan urişadi, parça-parça bölib osmonda xuddi patga öxşab, xuddi çangga öxşab uçib yuradigan narsaga aylanadi.

Alloh taoloning özi butun olamlardagi ohistalikni, tinçlik va osudalikni saqlaşligi uçun ularni öz falaklarida yuradigan qilib yaratib qöygan. Bu haqida Alloh taolo quyidagiça marhamat qiladi:

وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

«U keça va kunduzni, quyoşu oyni yaratgan zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar» (Anbiyo surasi, 33-oyat).

Közimizga körinib turgan eng katta maxluqotlardan biri quyoş va oydir. Keça va kunduzni hamda bahor, yoz, kuz, qiş fasllarining qanday ajoyib tarzda, aniqlik bilan almaşib turişi insonning aqlini lol qoldiradi. Oy bilan quyoş ham xuddi şunday öz yölida suzib yuradiki, agar quyoş hozirgi belgilangan çiziğidan yerga ozgina yaqinlaşsa, yer yuzida hayot qolmaydi, hamma narsa kuyib ketadi. Ozgina uzoqlaşsa esa, xuddi Antarktidadek hammayoq muzlab, qotib qoladi. Quyoş özi uçun belgilangan çiziqdan zarraça uzoqlaşmaydi va zarraça yaqinlaşmaydi, Alloh belgilab qöygan, şu nizomdan taşqariga çiqolmaydi. Oy ham xuddi şunday. Agar oy ham belgilangan çiziğidan ozgina çiqib ketadigan bölsa, turli meva-çevalar va boşqa narsalarga rang ham, lazzat ham, maza ham kirmaydi hamda okeanlardagi suv sathi kötarilib yoki tuşib ketadi va yerning öz öqi atrofida aylanişiga katta ta'sir etadi. Qarabsizki, dunyo ostun ustun böladi.