Ehtimoliy «Qiyomat kuni»gaça qolgan vaqtni hisoblaydigan ramziy soat millari 10 soniya oldinga surildi va endi yarim tungaça 90 soniya qolganini körsatmoqda. Bu haqda Çikago universiteti tomonidan çop etilgan Yadro tadqiqotlari byulletenida e’lon qilindi. 

Olimlar uşbu soat millarining holatini aniqlaşda siyosiy keskinliklar, qurollar, texnologiya, iqlim özgarişi va epidemiyalar bilan boğliq xavflarni hisobga oladi. 

«Bu yili Byulletenning fan va xavfsizlik kengaşi olimlari Qiyomat soati millarini 10 soniya oldinga surdi. Bunga Ukrainadagi uruş oqibatlarining tobora xavfli tus olayotgani sabab böldi. Rossiya dunyo hamjamiyatiga yadro qurolini qöllaş bilan boğliq turli işoralarni qilmoqda. Bundan taşqari, Rossiya uruş harakatlarini Çernobil va Zaporijjya AES yaqiniga köçirdi. Bu xalqaro protokollarga mutlaqo ziddir va radioaktiv moddalarning keng kölamli tarqalişi xavfini yuzaga keltirmoqda. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi nafaqat yadro, balki biologik va kimyoviy qurollarni qöllaş xavfini ham oşirdi», deyiladi bayonotda. 

Ötgan yili yanvar oyida soat millari «yadroviy yarim tungaça» 100 soniya qolganini körsatgan, bu holat bir neça yillardan beri özgarişsiz edi. 

«Qiyomat soati» birinçi marta 1947 yilda «Yadroviy tadqiqotlar byulleteni» muqovasida «işga tuşirilgan». Yadro yarim tunidan eng uzoq nuqta 1991 yilda SSSR va AQŞ örtasida Strategik hujum qurollarini qisqartiriş töğrisidagi şartnoma imzolangan paytda bölgan. Öşa vaqtda soat 23:43 edi. 

Soat körsatkiçlari har yili qayta hisoblab çiqiladi. Jarayonda 15 nafar Nobel mukofoti laureati iştirok etadi. Byulleten mualliflarining fikriça, soat «dunyoning yadroviy qurollar, iqlim özgarişi va yangi texnologiyalar tufayli falokatga qançalik yaqinlaşganini» körsatadi.