Microsoft dunyo böylab xodimlari sonini yana 700 kişiga qisqartirmoqçi, deb yozmoqda Business Insider naşri. Şu tariqa kompaniya işçi jarayonlarni optimallaştirmoqçi.
BI manbalariga köra, qisqartiriş haqida 26 yanvarda e'lon qilinadi. Qisqartirişlar aniq bir bölimga qaratilgan bölmaydi va kompaniyaning barça davlatlardagi işining barça yönalişlariga taalluqli böladi.
Bu qisqartiriş kompaniyaning umumiy xodimlari soniga ta'sir qilmaydi. Hozirda bu miqdor 113 ming kişini taşkil qilmoqda. Biroq doimiy qisqartirişlar haqidagi xabar kompaniya xodimlariga bosim ötkazadi. Kompaniya oxirgi marta 2016 yil iyunda qisqartirişlar haqida e'lon qilgandi, öşanda 2850 kişi böşatib yuborilgan.
Kompaniya bunday qisqartirişlar bilan aniq bölimlarda xarajatlarni kamaytirişni öz oldiga maqsad qilib qöymagan. Kompaniya şu yöl bilan öz pozitsiyasini özgartirib, öz malakalarini kompaniya uçun optimal usulda qöllay olişi mumkin bölgan odamlarni topiş uçun turli bölimlarida xodimlarni yangilaydi.
Microsoft qisqarişga tuşgan xodimlariga kompaniyada boşqa bir pozitsiyada iş topiş uçun 60 kun muxlat beradi. Kompaniya 2015-2016 yillarda umumiy hisobda 7 mingdan köproq xodimini böşatib yuborgan, 2014 yil örtalarida esa iş örinlari sonini 18 mingtaga kamaytirgan.

















