Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 25 mln kishi ishtirokida namoyish bo‘lib o‘tdi
Hindistonning Bihar shtatida istiqomat qiluvchi 110 mln fuqaroning salkam chorak qismi, 25 mlnga yaqin kishi bir-birining qo‘llaridan ushlagan holda 2016 yilda amalga kiritilgan qonunni qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Qonunga ko‘ra, shtat bo‘ylab har qanday spirtli ichimlikni sotish va iste'mol qilish taqiqlangan edi, deb xabar qiladi Hindustan Times gazetasi.
Mahalliy mulozimlarning xabar qilishicha, namoyishga chiqqanlar dunyodagi eng uzun tirik zanjirni tashkil qilishgan. Namoyish shtatning 38 tumanida bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tgan. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, zanjir 3ta sun'iy yo‘ldosh, 4ta o‘quv-mashg‘ulot samolyoti va 40 dron vositasida suratga olingan. Shunga ko‘ra, shtat ma'muriyati Ginnessning rekordlar kitobini ushbu voqeani qayd etishga undagan.
Gap shundaki, spirtli ichimliklarga qarshi qonun qabul qilingach, mahalliy muxolifat hujjatga qarshi chiqdi. Shundan so‘ng, aholi hukumat qarori bilan yakdil ekanligini bildirdi. Qonunni, shuningdek, mamlakat bosh vaziri Narendra Modi Tibet diniy ruhoniysi dalay-lama ham qo‘llab-quvvatlagan edi.






Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
21:00 / 13.01.2026
Erondagi namoyishlar: qurbonlar soni minglab bo‘lishi mumkin
09:53 / 13.01.2026
Eron TIV namoyishlar haqidagi bayonotlar sabab yevropalik elchilarni chaqirtirdi
08:43 / 12.01.2026