Avvalroq "Qoya" laqabli Kosheleva 17 tonnalik tramvay vagonini, so‘ngra 16 tonnalik KamAZni va 8,5 tonnalik Mi-8 vertolyotini joyidan siljita olgandi. 2016 yil iyulda u yana bir sportchi Anastasiya Moskaleva bilan 64 tonnalik Kalmar Global yuk kemasini bir necha metrga torta olgandi.
Biroq bu galgi yuk – ikkita tramvay vagoni 42 tonnaga yaqin kelgan. Bahodir ayol ularni olqishlar ostida bir necha metr sura olgan. Rekordchi ayol dunyoda birinchi bo‘lib bunday keskin iqlim sharoitlari – 20 gradus sovuqda buni qila oldi. Sportchining jurnalistlarga aytishicha, u samolyot yoki okean laynerini joyidan qo‘zg‘atishni orzu qilmoqda.
"Odatda biz tramvay deposida mashq qilamiz. Bizdan ko‘pincha "shu sizlarga nima uchun kerak?" deb so‘rashadi. Shunchaki menda maqsad bor – men jahon rekordi o‘rnatib, Ginness rekordlar kitobiga qirmoqchiman", deb aytmoqda Oksana.
Sportchi samolyotni joyidan qanday siljitish borasida tasavvurga ega, biroq paroxodlarni siljitish bilan endi tanishishiga to‘g‘ri keladi.











