Tailandlik 37 nafar sayyoh 21 yanvar ertalabki payt Myanmaning Karen ştatida mahalliy qurollangan guruh jangçilari tomonidan qölga olindilar. Bunga Tailand politsiyasi tomonidan Karen ştatidan bölgan 6 nafar fohişa va ularning yöl boşlovçisi hibsga olingani sabab bölgan, deb xabar bermoqda Tailandning Nation naşri. 

"Karen ştati çegara kuçlari", Myanma hukumatini qöllab-quvvatlovçi va milliy qurolli kuçlar tarkibiga mahalliy çegara ayirmaçilari sifatida kiruvçi Karen milliy kamçiligi qurollangan guruhi çegarani çegaraoldi turizmi dasturi böyiça kesib ötayotgan Tailandning 37 nafar fuqarosini qölga oldi. "Çegaraçilar" vakillari Tailanddan hibsga olingan qizlarni va ularning yölboşçisini zudlik bilan ozod qilişni talab qilişgan. Yölboşçiga odamlar kontrabandasi aybi e'lon qilingan.

21 yanvar keçki payt karenlik çegaraçilar va Tailandning Karen ştati bilan qöşni viloyati harbiylari örtasida keçgan muzokaralardan keyin barça garovga olinganlar ozod etilib, uylariga qaytarilganlar.

"Karen ştati çegara kuçlari"ga Myanma markaziy hukumati bilan ixtilofda bölgan Karen ştatidagi hukumatga qarşi qurollangan guruhlar bilan kuraşda asosiy oğirlik tuşadi.