Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Qoraqalpoğistonga taşrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanişdi va xalq vakillari bilan muloqotda böldi.
Davlat rahbari öz taşrifi davomida Xöjayli tumanidagi agrosanoat markazida böldi. Kompleks işga tuşişi bilan bu yerda issiqxona, meva-sabzavotlarni saqlaş, qayta işlaş majmualari, muzlatgiçlar paydo bölişi qayd etildi. 11 gektar hududni egallaydigan mazkur majmua Qoraqalpoğiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlandi.
Şu yerning özida Xöjayli tumanida turar-joy infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari ham muhokama etildi. Davlatimiz rahbari odamlar boşlangan özgarişlarni öz hayotida his qilişi uçun joriy yil yakunigaça 40 köp qavatli turar-joy binosi barpo etiş va foydalanişga topşiriş töğrisida körsatma berdi.
Prezidentimiz şuningdek tadbirkorlar va işbilarmonlar bilan ham uçraşib, ular bilan yaqindan muloqotda böldi.
"Xöjayli Qoraqalpoğistonda sanoati rivojlanayotgan eng katta tuman. Biroq şunça tadbirkor turib, tumanda markaz yöq, maktablarni ham kördim, mehribonlik uyining ahvolini qaranglar. Sizlar taşabbusni qölga olib işlasangiz, bu narsalar böladi. Agar biz "bölaveradi" deb yaşasak, men vaziyatni özgartira olmayman.
Sizlar uyğonişingiz kerak, sizlar odamlarning işsizligini hal qiladigan taşkilot va işbilarmonsizlar, şaxsan mening umidim sizlar. Keça-yu kunduz işonib yaşaşingiz kerak. Buni orqaga qaytariş mumkin emas.
Bizning eng katta imkoniyatimiz - bağri keng, mehnatkaş xalqimiz bor. Ularga salgina şaroit yaratib bersangiz bas. Odamlarni dunyoqaraşi özgarişi kerak. Qaçon özgaradi? Manfaatdor bölsa, daromad topsa, işçi joyi bölsa özgaradi", - deya ta'kidladi davlatimiz rahbari.












