70 yoşli Donald Tramp 20 yanvarda AQŞ kongressida qasamyod qabul qilib, AQŞ tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi.

Tramp oxirgi 60 yil içida Oq uyga siyosatdan kelmagan birinçi fuqaro böldi.

Trampdan qasamyodni AQŞ Oliy sudi boş sudyasi Jon Roberts Kapitoliy binosining ğarbiy tomonida qabul qildi.

"Biz köp yillarga Amerika va butun dunyo yölini belgilaymiz", deb aytdi Tramp.

Tramp AQŞ öz turmuş tarzini boşqa davlatlarga suqiştirmasligini, biroq ular uçun örnak bölmoqçiligini aytdi. 

Trampning "Amerikani yana buyuk qilamiz!" şiori oddiy amerikaliklar tomonidan qöllab-quvvatlandi. U Barak Obama tomonidan taklif qilingan soğliqni saqlaşdagi islohotlarni töxtatişga va xitoylik işlab çiqaruvçilar mahsulotiga soliqlarni oşirişga va'da bergan.