AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika prezidenti Enrike Penya Neto bilan 31 yanvarda uçraşadi, deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Şon Spayser.

Uning aytişiça, Meksika prezidentining Vaşingtonga taşrifi "savdo, immigratsiya va xavfsizlik" masalalariga bağişlanadi.   

Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida noqonuniy migratsiyadan himoyalaniş uçun Meksika bilan çegarada devor qurişga va'da berib, bahs va tanqidlarga sabab bölgandi. U şuningdek, Şimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA) haqidagi kelişuvni qayta körib çiqib, zarur bölsa undan çiqişini aytgandi. NAFTA kelişuvi bekor qilinadigan bölsa, eksport bojlari ösişi sababli Meksikaga köp milliardlik ziyonlar yetadi.