AQŞ prezidenti Donald Tramp Markaziy Razvedka Boşqarmasining Lenglidagi boş qarorgohiga taşrif buyurdi. Davlat rahbari yana bir marta AQŞ, Rossiya va dunyoning turli mamlakatlarida taqiqlangan IŞID terrorçilik guruhini butunlay yöqotişga çaqirdi
"IŞIDdan qutiliş kerak, bizda boşqa yöl yöq… Radikal islomiy terrorizm Yer yuzidan supurib taşlanişi şart", — degan Tramp MRB xodimlari oldida çiqiş qilar ekan.
Uning sözlariga köra, AQŞ terrorizmga qarşi kuraşda "haqiqiy imkoniyatlarini işga solmagan".












