AQŞning yangi prezidenti Donald Trampning töliq soliq deklaratsiyasini çop etiş talab qilingan arznoma Oq uy tomonidan körib çiqiliş uçun yetarli imzo töpladi.

Arznomalar rasmiy saytida uşbu arznomani 108 ming kişi imzolagan.

Arznoma mualliflari Trampning AQŞ prezidenti lavozimidagi faoliyatida manfaatlar ziddiyati yöqligini aniqlaş uçun Trampning soliq ma'lumotlari çop etilişini talab qilmoqdalar.

Arznoma töplagan ovozlar uning Oq uy tomonidan körib çiqilişi uçun yetarlidir, biroq Oq uy unga javob beriş yoki uni qanoatlantirişga majbur emas. 

Ötgan yili Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani Tramp 20 yil davomida soliqlar tölaşdan qoçib kela olgani uçun uni daho deb atagandi.