AQŞning yangi prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi munosabati bilan bir neça dinlararo marosimga taklif qilingan imom, öziga berilgan imkoniyatdan ajoyib tarzda foydalangan. U AQŞning 45-prezidentiga Qur'on oyatlaridan tilovat qilişga qaror qilgan. Bu haqda, ilmfeed.com sayti xabar qilmoqda.  

Eslatib ötamiz, Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi, Amerika siyosatşunoslari tomonidan meksikaliklar, lotin amerikaliklar va musulmonlar şa'niga nisbatan keskin fikrlar bildirilgan kampaniya sifatida baholandi. 

Imom Muhammad Magid, öziga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalangan holda, prezident Donald Tramp, uning oilasi va vitse-prezident Maykl Pens hamda boşqalar qarşisida Qur'oni Karimning:

Hujurot surasi 13 oyati:

“13 . Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni özaro tanişişingiz uçun xalqlar va qabilalar qilib qöydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvçi va xabardor zotdir”. (Uşbu oyati karimada «Ey odamlar !» deb barça insoniyatga qarata nido qilinmoqda, şu bilan birga ularning asli bir ekanligi eslatilmoqda. Demak, odamlarning asli bir — hammalari Odam Ato va Momo Havodan tarqalganlar. Ayni çoğda Alloh taolo ularni turli xalqlar va qabilalarga ajratib ham qöyganini ta'kidlamoqda. Insonlarning turli xalq va qabilalarga bölinişini sababi esa, özaro tanişiş, ma'rifat hosil qiliş ekanligi uqtirilmoqda.)

hamda Rum surasi 22 oyatini:

“22. Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilişi va tillaringiz va ranglaringizning turliça bölişidir. Albatta, bunda olimlar uçun oyat-belgilar bordir”. (Inson bolasi öziga öxşagan odamlar bilan körişadi, gaplaşadi, lekin ilohiy qudrat tufayli ularning tillari va ranglari turliça yaratilganiga e'tibor bermaydi. Aslini olganda, bular ham ulkan mö'jizalardir.) 

tilovat qilib, ularning ma'nolari tarjimasini tinglovçilarga sözlab bergan. (Qur'oni Karim oyatlari ma'nolari tarjimalari http://www.quran.uz/ saytidan olindi).