Fransiyaning sobiq ta'lim vaziri Benua Amon va sobiq bosh vaziri Manyuel Vals Sotsialistik partiya praymerizining 2-bosqichiga chiqdilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Saylov uchastkalarining yarmidagi ovozlar hisoblangandan keyin Amon 35,21 foiz ovoz, Vals esa 31,56 foiz ovoz to‘plagani ma'lum bo‘ldi. Sobiq iqtisodiyot vaziri Arno Monteburaga 18 foiz ovoz berildi.

Ovoz berishda 7 nomzod ishtirok etdi.