Taniqli bloger Adham Atajonov (Abu Muslim) kitobxonlikning bugungi darajasi va mavjud muammolar haqida gapirar ekan, oldindagi tösiqlarni yengiş hamda odamlarga ma'rifat ulaşiş borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Sönggi kunlarda odamlar kitob öqimay qöygani haqida köp gapiriladigan böldi. Bu haqqoniy e'tirof, ya'ni bor gap. Biroq şu muammoni keltirib çiqaradigan omillar haqida kam gapiriladi. Keling, şu masalani tahlil qilib köraylik. Muammoning ildizi nimada?

Menga köra, bunga köp omillar sabab, biroq köpçilik kam gapiradigan bir-ikki asosiy jihatlarini sanab ötaman:

1. Kitoblar juda qimmat. (Kitob va poligrafiya böyiça xabari bor odam sifatida kitoblar haqiqatan ham juda qimmat ekanini tasdiqlayman. Köpinça noşirlar kitobni atayin "katta" qilib, qimmat sotişga harakat qilişadi (katta şriftlarda, naqş va boşqa bezaklar evaziga). Mayli, bu noşirlarning öz işi. Kitob çiqarib, boyiş gunoh emas, ammo oddiy xalqning holatidan kelib çiqqan holda, xalqni ham ma'rifatga oşno qiliş yöllarini öylab qöysalar ham yomon bölmasdi. Faqat boylar yoki puli köplar kitobxon bölişi kerak degan gap yöq. 

2. Tekin kutubxonalar taşkil qiliş kerak. Oldingi turdagi kutubxonalarni modernizatsiya qiliş, qulaylaştiriş va boşqa kerakli çoralarni köriş kerak. Internetda onlayn kutubxonalarni rivojlantiriş kerak. Masalan. Ziyouz.com’ga öxşaş ma'rifiy resurslarni qöllab-quvvatlaş lozim. Töğri, bu yerda mualliflik huquqi muammosi ham bor. Mualliflar yoki noşirlar ön marta naşr qilib sotgan va foydasini ön marta olgan kitoblarini ham tekinga, xalq öqişi uçun berişga rozi bölavermaydi. Yana va yana sotiş ilinjida böladi... Şu muammoni ham çiroyli hal qiliş kerak. Ya'ni, bu masalada six ham kabob ham kuymasligi lozim.

Katta bir internet kutubxona taşkil qilib, barça kitoblarni şu örtaga taşlaş kerak. Offlayn işlaşi uçun maxsus dasturlar ham işlab çiqilsa yaxşi böladi. (Arabça "Şomila" dasturiga öxşaş).

Xalqni kitobxon qiliş uçun kitoblar, albatta, qoğozli bölişi şart emas. Kitoblarning elektron muqobillarini köpaytiriş hamda ulardan foydalaniş imkoniyatlarini qulaylaştiriş, arzonlaştiriş kerak. Sönggi vaqtlarda Ğarb va boşqa kitob öqişni sevadigan yurtlarda elektron kitoblarni öqiş kuçaygan.

Jadid bobolarimiz elni, yurtni ma'rifatli, ziyoli qiliş uçun öz hisoblaridan maktablar oçgan, gazet va jurnallarni çiqargan. Xalqni ma'rifatli, ziyoli qiliş uçun öz hisoblaridagi mol-mulklarini ayaşmagan. Ey, nega men mol-mulk dedim? Mol-mulk nima gap böpti-ki, jonlarini ham qurbon qilib yuborişgan. Bizdagilar esa, kitobxonlarning kitobga bölgan muhabbatlaridan özlariga moddiy manfaat izlaşadi. Xalqni, millat manfaatlarini ustun bilişmaydi. Biz nega bobolarimizga öxşamadik?.. Şu haqida ham öylab körişimiz kerak...”.