«Megafon» aksiyadorlari 740 mln dollar evaziga Mail.Ru Group qimmatli qoğozlarini xarid qiliş rejasini tasdiqlaşdi. Şu bilan mobil aloqa operatori 15,2 foiz aksiyadorlik sarmoyasi va kompaniyaning 63,8 foiz ovoziga ega böladi. Bu haqda telekommunikatsiya kompaniyasi xabarida söz yuritilgan.
Ovoz beriş çoğida «Megafon»ning 25,17 foiz aksiyasiga egalik qiladigan Telia Company hamda 3,92 foiz ğaznaçilik aksiyalariga ega operatorning özi iştirok etgan. «Megafon»ning yirik aksiyadori Alişer Usmonov va hamkorlarining USM Group guruhi uşbu bitimdan manfaatdor bölgani sababli ovoz berişda iştirok etmagan.
«Megafon» Mail.Ru Group guruhining USM guruhiga kiruvçi — New Media and Technology Investment, New Media Technologies Capital Partners va Ardoe Finance’larga tegişli hissalarini xarid qilişni xohlamoqda. Operator şu maqsadda 640 mln dollar sarflaşni rejalaştirgan. Bitim amalga oşirilgandan söng bir yil ötgaç, yana 100 mln dollar beriladi.
Mazkur kelişuvni amalga oşiriş uçun uni Rossiya Federal monopoliyaga qarşi kuraş xizmati tasdiqlaşi kerak böladi. Ma'muriyat rahbari Igor Artemevga köra, u bitimga tösqinlik qiladigan jihatlarni körmayapti.
Mail.Ru Group va «Megafon» allaqaçon birgalikda mahsulotlar işlab çiqariş borasida kelişib olgan. Masalan, Yota virtual operatori negizida «VKontakte» ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari uçun VK Mobile loyihasi işga tuşiriladi.












