Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan yaqindan tanişiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyurgani haqida avval xabar qilingan edi. Davlat rahbari taşrifi doirasida respublika xalq vakillari va faollari bilan uçraşdi. Unda qator dolzarb masalalar va muammolar muhokama qilindi, oşkora fikr almaşildi, kerakli topşiriqlar berildi.

Şuningdek, yiğilişda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslar böyiça rahbarlarining mazkur mintaqani örganiş böyiça axborotlari tinglandi. Xususan, Boş vazir örinbosari Rustam Azimov(Makroiqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş masalalari yiğma axborot-tahlil departamenti kompleksiga mas'ul)ning

ma'lum qilişiça, Prezidentning saylovoldi kampaniyasi çoğida bildirgan taklif va körsatmalaridan kelib çiqqan holda, mutasaddi vazirlik va idoralar,  xöjalik birlaşmalari, Markaziy bank va tijorat banklari vakillaridan iborat işçi guruh Qoraqalpoğiston respublikasining har bir şahar va tumanlarida ahvolni örganib,  ikki yillik dastur işlab çiqilgan. 

Azimovga köra, 2017-2018 yillarga möljallangan uşbu dastur doirasida 2 trln 417 mlrd sömlik  3 255ta loyihani amalga oşiriş, banklar tomonidan mazkur loyihalar uçun 1 trln söm kredit ajratiş belgilangan. Şundan 2017 yilning özida jami 2 197ta  loyihani amalga oşiriş tasdiqlangan, deb qayd etgan Rustam Azimov. Bu loyihalarning umumiy qiymati 1 trln 257 mlrd sömni taşkil etsa, 780 mlrd sömi bank kreditlari hisoblanadi. 

“Biz mutaxassislar va ekspertlar bilan kelib, tadbirkorlar, mahalliy xalq bilan uçraşganimizda, aniq xulosa qildikki, hamma iş pastda. Mana şu dasturda ham, dastlabki hisob-kitob 400 mlrd (söm) edi. Ammo, bank vakillari, xodimlar kelib, xonadonma-xonadon yurilgandan söng, 400 mlrd sömlik dastur 1 trln 257 mlrd sömga aylandi. Bu degani, dastur qiymati 3 baravar oşdi”, - degan Boş vazir örinbosari.

Şu örinda, Prezident Şavkat Mirziyoyev, öz fikrini bildirar ekan, Rustam Azimovga maxsus topşiriq bergan. Unga köra, qişloqda yaşagan hamma xonadon, umuman, respublika böyiça va Qoraqalpoğistonda har bir oila kamida 100ta tovuq boqişni yölga qöyişi kerak. Şu bilan birga, şoşmasdan, xalqni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtiriş va işontiriş lozim. 

“Albatta, bankirlar yurayapti uyga kirib, lekin hamma odamni hali örgata olmayapmiz. Nomiga kirib çiqqanlar juda köp. Yuzta tovuq boqsang qança böladi?, eçkiçilik qilsang qança böladi?, boşqa narsa..., hamma yöli böyiça televizorda reklama qiliş kerak, rolik qiliş kerak. Odamlarni işontiriş kerak, işontiriş oson emas”, - degan Davlatimiz rahbari. U öz fikrini davom ettirar ekan, odamlarning özlari ham  yaxşi yaşaşni xohlaşi kerakligini, hukumat buni kafolatlaşi lozimligini uqdirgan. Mirziyoyevning aytişiça, har oyda ma'lum bir foiz fuqarolarni yangiça işlaşga örgatib olinsa, bir yilda kamida 50 foiz aholini işontirib olsa böladi, mana şu aytilgan masalalar bajarilmasa, heç qaçon özgariş bölmaydi.