Inverse naşri dunyodagi eng yirik şaharlardan ötuvçi metropoliten çizmasini taqdim etdi. Xaritada belgilab qöyilgan şaharlar içidan Toşkent ham örin oldi.

Hyperloop kompaniyasi yangi turdagi transport – vakuumli poyezd ixtirosi bilan şuğullanadi. Bunday poyezdlar yönalişi xuddi metro kabi yer ostidan ötadi, biroq yangi transport maxsus vakuumli kapsulalar orqali katta tezlikda harakatlaniş imkonini beradi. Ğoya Ilon Maskka tegişli. Biroq amerikalik milliarderda uni amalga oşiriş uçun hozirça tegişli qarorlar yöq.

Inverse joriy yilning boşida innovatsion loyihaning rivoji haqida hikoya qilingan material taqdim etdi. Hyperloop mutaxassislari yaqin beş yil davomida birinçi uçta yönalişni quriş uçun qulay bölgan hududlarni tanlaşadi.

Keyinçalik naşr «Global metro xaritasi kelajak Hyperloop bilan körinişda bölişini körsatadi» sarlavhali material ham çop etdi. Maqolada yozuvçi Mark Ovedenning sxemasi taqdim etilgan. Yozuvçi öz xaritasida metropoliten bölgan yoki uni quriş rejalaştirilgan şaharlarni birlaştirgan. Undan Toşkent ham örin oldi.

Taqdim etilgan sxemada Toşkent orqali birdaniga törtta tarmoq ötadi. Ularning biri orqali şahar aholisi Xitoy, Yaponiyaga, boşqasi yordamida – Vetnam, Hindistonga, uçinçi bilan – Ozarboyjon, Armaniston, Turkiya, Isroil, Misrga, törtinçi orqali esa – Qozoğiston va Rossiyaga borişlari mumkin bölar edi.