Özbekiston Respublikasi "Özbekiston temir yöllari" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati Toşkent-Andijon-Toşkent yönalişi böyiça yölovçi poyezdi qatnoviga doir turli miş-mişlarga qarşi raddiyasini e'lon qildi. Bu haqda AJ saytida xabar qilingan. Unda şunday deyiladi:
Hurmatli yölovçilar, harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida 23 yanvar kuni texnik körik işlarini ötkaziş sabablariga köra, Toşkent-Andijon-Toşkent yönalişida qatnovçi 61/62, 60/59–sonli yölovçi poyezdlari harakati vaqtinça töxtatildi.
Uşbu jarayonga oid tarqatilayotgan turli xil asossiz xabarlarga e'tibor qaratmasligingizni söraymiz!












