Özbekiston Prezidentining 13 yanvardagi qarori bilan «Özşahar quriliş invest» respublika ixtisoslaştirilgan injiniring kompaniyasini taşkil etiş tasdiqlandi. Unga 2017-2020 yillarda şaharlarda arzon köp xonadonli uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturi böyiça arzon köp xonadonli uylarni töliq tayyor holda foydalanişga topşiriş şarti bilan quriş va rekonstruksiya qiliş vazifasi yuklatiladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Kompaniya vazifalari içiga moliyalaştirişni taşkil qiliş va quriliş işlari ustidan texnik nazoratni amalga oşiriş, keyinçalik qurilgan uylarni imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga aholiga sotiş uçun «Ipoteka bank» ATIBga topşiriş ham örin olgan.

«Özşahar quriliş invest»ning ustav kapitali 1 mlrd söm bölib, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi, «Ipoteka bank», «Özmetkombinat», «Qizilqumsement» va «Özbekinvest» mablağlari hisobidan şakllantiriladi.