WikiLeaks portali tvitterda AQŞ prezidenti Donald Trampning soliq deklaratsiyasi elektron versiyasini yuborişni taklif qildi.
"Tramp maslahatçisi Kellienn Konuey Tramp öz soliq deklaratsiyasini körsatmasligini aytdi. Unda biz uni körsata olamiz", deyildi xabarda va hujjatlarni yuboriş mumkin bölgan manzil körsatildi.
WikiLeaks Trampni özining moliyaviy holati haqidagi ma'lumotni oşkor qilişdan boş tortayotgani uçun tanqid qildi.
Avvalroq Trampning soliq deklaratsiyasini çop etiş talab qilingan petitsiya 100 mingdan köproq imzo töplagani ma'lum qilingandi. Bu miqdor petitsiyaning Oq uy tomonidan körib çiqilişi uçun yetarlidir.












