Rasmiy Boku Ozarboyjon hududida ikkinçi uydirma arman davlati paydo bölişiga yöl qöymaydi, degan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev. U Boku yaqinidagi yangi harbiy şaharça oçilişida şu haqda söz yuritdi, deb xabar qilmoqda Anadolu axborot agentligi.
Aliyevning qayd etişiça, Armaniston BMT Xavfsizlik kengaşi va xalqaro taşkilotlarning Ozarboyjon hududlarini okkupatsiya qilişga barham beriş böyiça rezolyutsiyalarini inkor etmoqda.
«Toğli Qoraboğ mojarosini hal etiş juda oson. Birinçidan Ozarboyjon hududiy yaxlitligi tiklanişi kerak. Toğli Qoraboğga heç qaçon mustaqillik berilmaydi. Agar kimdir şuni kutayotgan bölsa, bekor qiladi. Bunday bölmaydi!», - deb ta'kidlagan Aliyev.
Toğli Qoraboğ mojarosi 1988 yilda Armanistonning Ozarboyjonga hududiy da'volari natijasida kelib çiqqan. Toğli Qoraboğ va uning 7 tumanini Armaniston Qurolli kuçlari egallab olgan.
BMT Xavfsizlik kengaşining Ozarboyjonning egallab olingan hududlarini tark etiş böyiça 4ta rezolyutsiyasi Armaniston tomonidan bajarilmayapti.












