Qozoğistonning Kostanay viloyatida 2017 yilda 10 ming dona yengil avtomobillarni yiğiş rejalaştirilgan. Bunga xitoylik va özbekistonlik investorlar bilan hamkorlik qiliş evaziga erişiş rejalaştirilgan, deb xabar qilmoqda alau.kz sayti. 

«Kostanay viloyatida «Özavto» bilan birga yengil va yuk avtomobillarini yirik uzelli yiğişni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Bu milliy avtomobilsozlikda yetakçi örinlarni saqlab qolişda sezilarli hissa qöşadi. Mahalliylaştirişni 50 foizga yetkaziş maqsadida, 2016 yilda sanoat hududini barpo etiş boşlandi», — degan Kostanay viloyati hokimi örinbosari Roza Kamalova.

Kostanay viloyati hokimi Arximed Muxambetovning sözlariga köra, özbekistonlik hamkorlar bilan qöşma loyihalarni amalga oşirişga katta umid bilan qaralmoqda. Erişilgan kelişuvga köra, Kostanay korxonalarida unça qimmat bölmagan avtomobillarni yiğiş közda tutilgan. 

«RAVON modellari örtaça 2 million 600 ming — 2 million 700 ming tenge(7500-8000 AQŞ dollari) atrofida böladi. Bugungi kunda mamlakatdagi eng arzon «LADA Priora» 3,5 million tenge (10500 dollar)dir. Farq körinib turibdi, RAVON 900 ming tenge arzon böladi. Sifati juda yaxşi. Hozirça, yiliga 7 ming dona yiğiş böyiça Özbekiston bilan kelişib oldik. Albatta, hozirça, yirik uzelli, keyinçalik, mayda uzelli usulda yiğişni niyat qilayapmiz», – deya xulosa qilgan viloyat rahbari. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, 2017 yilda Qozoğistonning Kostanay viloyati 10 000 dona avtomobilni yiğadi.