Qozoğiston poytaxti Ostona şahridagi Suriya böyiça hukumat va muxolifat delegatsiyalari, Rossiya, Turkiya, Eron, BMT boş kotibining Suriya böyiça maxsus vakili Staffan de Mistura iştirokidagi va AQŞning Qozoğistondagi elçisi Jorj Krolning kuzatuvçi sifatidagi muzokaralari davom etmoqda.
"Uçraşuvlar tiklandi, iş olib borilmoqda, - dedi de Mistura. – Biz har doimgidek ijobiy kayfiyatdamiz".
Suriya hukumati va muxolifati seşanba kuni de Mistura vositaçiligida Suriyadagi sulhni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini muhokama qilişni davom ettirişadi. Iştirokçilar şuningdek öt oçişni töxtatiş va Suriyadagi mojaroda iştirok etayotgan tomonlarning nizoni tinç yöl bilan hal etiş borasidagi kayfiyatini özida ifodalaydigan hujjatni muvofiqlaştirişni yakunlaş niyatida.
Avvaliga işni mahalliy vaqt bilan 13:00 ga qadar yakunlaş közda tutilgandi. Biroq duşanba kuni keçqurun muzokara iştirokçilari bu muddatga şubha bilan qaray boşlaşdi. Muzokaralar oğir va ança keskin ruhda ötmoqda, Suriyada bir neça yil davom etayotgan mojaro vaqtida köplab hal etilmagan masalalar va da'volar töplanib qolgan. Biroq uçraşuvni yana bir kunga çözdiriş haqida hozirça heç kim ma'lum qilmadi.
Muzokaralar Ostona markazidagi Rixos President Astana mehmonxonasida ötkazilmoqda. Qatnaşçilar uçraşuv yakunlarini röparada joylaşgan "Kazmediasentr"dagi qöşma matbuot anjumanida ma'lum qilişadi. U mahalliy vaqt bilan 14:00 da boşlanişi kutilmoqda hamda unda barça delegatsiyalar vakillari qatnaşişi rejalaştirilgan.












