Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) Kotibiyati rasmiy sayti sectsco.org endilikda uç – xitoy, rus va ingliz tillarida işlamoqda.
Bu haqda ŞHT Kotibiyati matbuot relizisida aytilgan.

Ayni damda Kotibiyatda asosan rus va xitoy tillaridan foydalaniladi. Relizda ta'kidlanişiça, endilikda saytga taşrif buyurganlar uç tilda taşkilot, uning Pekindagi qarorgohida ötkaziladigan asosiy tadbirlar haqida ma'lumot olişlari mumkin.

"Veb-saytimiz auditoriyasi uçun qulaylik yaratiş maqsadida, şuningdek, ekspert, ilmiy va boşqa hamjamiyatlar ŞHT haqida işonçli ma'lumotni olişlari uçun, Kotibiyat matbuot xizmati barça hujjatlar paketini uç tilda joylaştirdi. Ular ŞHT doirasida uning 15 yillik faoliyati davomida qabul qilingan", - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uçun, ŞHTga Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston a'zo sanaladi. 2015 yilning iyulidagi Ufa sammitida taşkilotga Hindiston va Pokistonning kiritiliş jarayoni boşlangani haqida xabar qilindi. Hammasi bölib “ŞHT oilasiga” kuzatuvçi davlatlar va şeriklar bilan qöşib hisoblaganda 18 ta mamlakat kiradi.

ŞHT Kotibiyati taşkilotning ijro etiş organi hisoblanib, Pekinda joylaşgan. Kotibiyat ŞHT işini muvofiqlaştiriş, axborot-tahlil, yuridik va texnik ta'minlaş bilan şuğullanadi.