Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan 12,5 kilogramm oltinni yashirincha olib chiqib ketishning oldi olindi
Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari O‘zbekistondan katta miqdorda oltin va boshqa zargarlik buyumlari olib chiqib ketishning oldini oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston MXXga asosan.
Ma'lum bo‘lishicha, Namangan viloyatining "Zarkent" chegara nazorat punktida "Damas" avtomobili tekshirish uchun to‘xtatilgan. Namangan viloyati MXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tintuv natijasida avtomobil o‘rindig‘i ostidan va magnitola o‘rnatish joyidan 8 ta paket topildi. Paketlarda quyma va taqinchoq ko‘rinishida bo‘lgan 12,5 kg oltin topilgan. Avtomobil haydovchisining aytishiga qaraganda, u bu buyumlarni Qirg‘iziston chegarasida boshqa kishiga topshirishi kerak bo‘lgan.
"Avtomobil haydovchisi uch bolaning otasi, 67 yoshli Muhammadjon Xo‘jamberdiyev bo‘lgan. U "Namangan — Nanay" yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullangan. Ma'lum bo‘lishicha, u anchadan beri qimmatbaho buyumlar kontrabandasi bilan shug‘ulanayotgan ekan. U ushbu ish uchun buyurtmachilardan mo‘maygina mablag‘ olgan", — deyilgan xabarda.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, Namangan viloyati MXX Tergov boshqarmasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
15:07
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
11:38
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
12:01 / 26.01.2026
Oltin narxi tarixda birinchi marta unsiya uchun 5000 dollardan oshdi
11:23 / 26.01.2026