Vengriya taşqi iqtisodiy aloqa va taşqi işlar vaziri Peter Siyarto Donald Tramp AQŞ prezidenti bölgandan söng Yevropa Ittifoqida umidsizlik kuzatilayotganini aytdi. 

"Esdan çiqarmaslik kerak, hozir Yevropa Ittifoqida Donald Tramp AQŞ prezidenti etib saylangandan keyin tuşkunlik hukm surmoqda, çunki prezident liberal Yevropa elitasi vakillari işongan odam bölmadi", deb aytdi Siyarto.

Siyarto "agar biz bungaça Yevropa siyosatidan farqlanuvçi fikrni qabul qilsak, bizga "putinçilar" yorliğini osişardi, endi esa biz "putinçilar" yoki "trampçilar" deb tanlaşimiz mumkin", deb qöşimça qildi.