2017 yilning 24 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov boşçiligidagi delegatsiya Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Aşraf Ğani tomonidan Qarorgohi “Arg” saroyida qabul qilindi. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazir Afğoniston Prezidentiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekistonga rasmiy taşrif buyuriş taklifi qayd etilgan şaxsiy maktubini yetkazdi.

Muloqot davomida turli yönalişlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, Özbekiston va Afğoniston rahbariyatining siyosiy xohişi tufayli mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar butunlay yangi sur'at va xususiyatga ega böldi. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning faollaşuvida yaqqol namoyon bölmoqda.

Uçraşuvda özaro ahamiyat kasb etadigan xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.