Melburn şahrida davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvçi Australian open turnirining erkaklar örtasidagi musobaqasida yarim final juftliklari aniq böldi. 

25 yanvar kuni bölib ötgan çorak finalda dastlabki uçraşuvda Denis Istomindan ustun kelgan bolgariyalik Grigor Dimitrov belgiyalik David Goffinga qarşi kortga çiqib, osonlik bilan, uç setda ğalaba qozondi — 6:3, 6:2, 6:4.

Ikkinçi çorak finalda Rafael Nadal turnirning uçinçi saralangan tennisçisi, kanadalik Miloş Raoniçni mağlubiyatga uçratdi. Bu töqnaşuv ham uç set davom etdi. Endi yarim finalda Nadal va Dimitrov örtasida öyin bölib ötadi. 

Australian open

Mukofot jamğarmasi 50 000 000 avstraliya dollari

1/4 final

Grigor Dimitrov - David Goffin 6:3, 6:2, 6:4
Rafael Nadal - Miloş Raoniç 6:4, 7:6,  6:4.

Eslatib ötamiz, keça bölib ötgan bahslarda ikki şveysariyalik tennisçi Rojyer Federer va Stanislas Vavrinka yarim final yöllanmasini qölga kiritgandi. Yarim final juftliklari quyidagiça köriniş oladigan böldi.

1/2 final
Rojyer Federer - Sten Vavrinka
Rafael Nadal - Grigor Dimitrov