Yosh musulmon nogironlik aravachasidan voz kechib Ka'bani qo‘llarida tavof etdi

Qatarlik 15 yoshli G‘anim al-Muftah kam uchraydigan kasallikka chalingan. Ilk marotaba Umra ziyoratiga kelgan G‘anim Ka'bani tavof qilish chog‘ida nogironlik aravachasidan voz kechdi va buni qo‘llari bilan ado etdi. Uning bu niyatini amalga oshirishiga Turizm va milliy meros bo‘yicha Saudiya komissiyasi boshqaruvi raisi shahzoda Sulton bin Salmonning shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘ldi.
“Alloh duolarimni qabul qildi. Men qo‘llarim bilan Umrani ado etish va Ka'bani tavof qilish baxtiga muyassar bo‘ldim”, dedi G‘anim al-Muftah. U shahzodaning ko‘rsatgan bu yordami va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Bolakay kaundal regressiya sindromiga chalingan. Bu sindrom umurtqaning qo‘yi bo‘limi rivojlanishini to‘xtatadi. Biroq G‘anim nogironlikni katta to‘siq deb bilmaydi. Hozirda u mamlakatdagi eng yosh tadbirkordir. Uning 6 ta filialli muzqaymoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bor. Shuningdek, u suzish, ot sporti, dayving va alpinizm bilan ham muntazam shug‘ullanadi. Kelgusida u Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqchi.

Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi
Jahon | 09:00
-
Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 08:56
-
AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenda saraton kasalligi aniqlandi
Jahon | 08:24
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
Mavzuga oid

18:39 / 19.02.2025
Saudiya Arabistoni vaziri Shavkat Mirziyoyevga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi

14:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?

13:50 / 17.08.2022
Muhammad ibn Salmon Ka’baning ichini yuvib chiqdi

18:00 / 20.08.2018