Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk federal hukumat tavsiyasiga köra mamlakat parlamentining quyi palatasi – bundestagga ötkaziladigan saylovlarni 2017 yil sentabrga belgiladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Prezident tegişli farmonni imzolagan.

Saylovlar natijalariga köra hukumat tarkibi va kansler aniqlab olinadi. Ularni köpçilik ovoz töplagan partiya yoki koalitsiya tanlaydi.

Xristian-demokratik va Xristian-sotsialistik ittifoqlar blokidan saylovlarda amaldagi kansler Angela Merkel, "Yaşillar"dan Katrin Gering-Ekardt va Jyem Ozdemir iştirok etadi. Sotsial-demokratik partiya nomzodi 29 yanvarda ma'lum böladi. Söllar nomzodi ham hali aniqlab olinmagan.