Italiyaning Bolonya şahri dastlabki tergov sudi Turkiya prezidentining öğli Bilol Erdöğanga nisbatan oçilgan işni arxivga topşirişga qaror qildi. Bilol Erdöğan bu iş böyiça pul yuvişda gumon qilingandi, deb xabar bermoqda ANSA axborot agentligi.
Bilol Erdöğan 2015 yil kuzida oilasi bilan Bolonyaga kelgan. U bu yerda Jons Xopkins universitetida doktorlik dissertatsiyasini yozgan. 2016 yil fevralda esa unga qarşi turkiyalik tadbirkor Murat Xakan Uzanning arizasiga köra tergov boşlangan. Uzan Rajab Toyyib Erdöğanning siyosiy raqibi hisoblanadi va Fransiyada yaşaydi. Tadbirkor italyan hukumatidan Bilol Erdöğan Italiyaga olib kelgan pullarning kelib çiqişini aniqlaşni söragan. Işning oçilişi Bilolni Italiyani tark etişga majbur qilgan.
Dekabrda tergov Uzanni körsatma berişga çaqirgan. Prokuratura Uzanning sudga kelmagani asosida sudga işni arxivga topşirişni, ya'ni mohiyatan uni yopiş haqida ariza bergan.
Bu Italiya huquq-tartibot muassasalarining Bilolga qarşi tergovni töxtatişga birinçi urinişlari emas.

















