Bilasizmi, Windows 10 dasturi haqiqatdan ham foydalanuvçi haqida juda köplab ma'lumotlarni töplaydi. Biroq, maxsus xizmat ham borki, unda ma'lumotlarni köriş va ularni öçirib yuboriş mumkin. Lifehacker.ru sayti aynan şu haqda hikoya qiladi.

Aslida, Microsoft kompaniyasi foydalanuvçilar haqida köproq ma'lumotlar töplaş istagidan xoli emas. Biroq, sönggi vaqtlargaça bu narsa oşkor etilmagani köpçilik iste'molçilarda jiddiy xavotirlarga sabab bölar edi. 

«Maxfiylik» nomli yangi vosita Windows 10 dasturining josusligi haqida miş-mişlarni yöqqa çiqarişga xizmat qiladi. Uning yordamida Microsoft kompaniyasi qanday ma'lumotlarni, qaysi maqsadlarda töplaşini bilib oliş mumkin. Ammo, eng asosiysi, mavjud axborotlar bilan tanişiş barobarida ularni öçiriş imkoniyati borligidir. 

«Biz Microsoft kompaniyasi rahbariyati, sizning maxfiyligingizni himoya qiliş maqsadida boşqaruvning barça vositalari va ular borasida oqilona qaror qabul qiliş uçun zaruriy ma'lumotlarni beriş zarur, deb hisoblaymiz. Siz bu veb-saytda maxfiylik sozlamalarini boşqarişingiz hamda korporatsiya bulutli xizmatida saqlanadigan axborotlarni körib çiqib, ularni yöqotişingiz mumkin», - deyiladi kompaniya xabarida. 

Şunday qilib, barça ma'lumotlar bir neça sahifaga taqsimlangan. Asosiy e'tibor «Qidiruv» va «Manzil» bandlariga qaratilgan. Unda barça qidiruvlar va manzilingizga oid ma'lumotlar böladi.