Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 24 yanvarda qabul qilingan farmoniga muvofiq Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni "Özbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida milliy madaniy markazlar faollari bilan uçraşdi. 

Butun mamlakatimiz böylab keng nişonlanayotgan, döstlik, ahillik bayramiga aylangan uşbu ayyomning Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud kuni arafasida ötayotganida teran ma'no mujassam. Buyuk Yölboşçimiz istiqlolning ilk kunlaridan tinçlik va farovonlikni ta'minlaşning muhim omili sifatida millatlararo totuvlikni mustahkamlaşga alohida ahamiyat qaratdi. Mustaqilligimiz e'lon qilingan  tarixiy nutqida "Respublikamizda istiqomat qiluvçi barça millat vakillarining konstitutsiyaviy huquqlarini muhofaza etiş, ularning madaniyati, milliy urf-odatlari rivojlanişiga, ona tilida sözlaşişi va öqişiga barça şaroitlarni yaratiş uçun bor imkoniyatlar işga solinadi.

Mustaqil Özbekistonning siyosati ― insoniylik, ezgulik qonunlariga asoslanadi hamda fuqarolar osoyiştaligi va milliy murosa siyosati bölib qoladi", deb davlatimiz siyosatini, jamiyatimiz istiqbolini belgilab bergan edi.

 Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş marosimidagi nutqida mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, özaro hurmat va mehr-oqibat muhitini köz qoraçiğidek saqlaş hamda mustahkamlaşni özining ustuvor vazifasi, deb hisoblaşini alohida ta'kidladi.

Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligi yurtimiz böylab keng nişonlanayotgani ham mamlakatimizda insonparvar, tinçlikparvar siyosat izçil davom ettirilayotganining yana bir hayotiy tasdiği böldi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev uçraşuvda uşbu muhim masalaga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratib, milliy madaniy markazlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun zarur barça işlar amalga oşirilişini ta'kidladi. 

Davlatimiz rahbari Vatanimizning yuksak mukofotlarini tantanali ravişda topşirdi.

Uçraşuvda sözga çiqqan Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining örinbosari Sergey Mironov, Toşkent şahar «Svitanak» belorus milliy madaniy markazi raisining örinbosari Nina Şubnikova, Toşkent viloyati qozoq milliy madaniy markazi raisining örinbosari Dinislam Kanayev, Samarqand viloyati nemis milliy madaniy markazi raisi, Samarqand yengil sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji öqituvçisi Natalya Kayzer, Respublika qirğiz milliy madaniy markazi raisi Rahmatulla Jabborov tinçlik va millatlararo totuvlik barqaror yurtimizda yaşaş ulkan baxt ekanini, bu kun ularning qalbida bir umr muhrlanib qolişini ta'kidladi, yuksak e'tibori va ğamxörligi uçun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.