Qozoğiston poytaxti Ostonadan çiquvçi barça yöllar yopilgan, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz sayti respublika favqulodda holatlar qömitasi xabariga asoslangan holda.
"2017 yil 25 yanvar kuni ob-havo şaroitining yomonlaşuvi sababli barça yönalişlar böyiça avtotransport vositalarining barça turlari uçun harakat taqiqlangan", - deyiladi qömita xabarida.
Şu bilan birga, favqulodda holatlar qömitasi izğirin bölişidan ogohlantiriş e'lon qilgan. 25 yanvardan 26 yanvarga ötar keçasi, taxminlarga köra Ostonada kuçli şamol yuz berişi kutilmoqda. Uning tezligi soniyasiga 15-20 metrni taşkil etişi mumkin.
Ob-havo şaroitlarining yomonlaşuvi munosabati bilan Aqmola, Aqtöbe, Kostanay va Pavlodar viloyatlarining respublika ahamiyatiga molik yöllarida avtotransport harakatlari çeklangan.












