Ispaniya Yevropa Ittifoqining turistlar orasida 2016 yildagi eng ommabop davlati böldi. Bu haqda YeIning Eurostat statistik xizmati xabar berdi.
Ispaniyada sayohatçilar ötgan yil davomida mehmonxonalarda 454 million keçani ötkazişgan. 2015 yil bilan taqqoslaganda ösiş deyarli sakkiz foizni taşkil qildi.
Ikkinçi öringa Fransiya va Italiya loyiq topildi (395 million keça). Fransiyada bu körsatkiç 2016 yilda 4,6 foizga tuşib ketgan bölsa, Italiyada deyarli özgarişsiz qoldi.
Kuçli uçlikni Germaniya yakunlab bergan. Turistlar u yerdagi mehmonxonalarda 390 million keçani ötkazişdi. Törtinçi örin Buyuk Britaniyaga nasib etdi – 292 million. Avstriyadagi mehmonxonalarda esa bu körsatkiç 119 millionni taşkil qildi.
Reytingdagi önlikka, şuningdek, Niderlandiya, Gretsiya, Polşa, Xorvatiya va Portugaliya ham kirgan. Ötkazilgan turistik keçalarning ortişi böyiça 2016 yilda Bolgariya yetakçi böldi – plyus 18 foiz.











