Heç bir inson xato va kamçilikdan xoli emas. Özi adaşib qilgan gunoh işlarni sözlamaslik, özgalardan ayb axtarmaslik, birovning aybiga, xatosiga nogoh közi tuşib qolganida, uni yoymaslik dinimiz talablaridandir.
Möminning aybi, gunohini körib qolgan kişi uni yaşirişi mustahabdir. Xususan, xunuk işlar obröli, yomonligi kuzatilmagan kişidan sodir bölsa, uni ommaga oşkor qilmaslik zarur.
Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Kim möminning aybini yaşirsa, Alloh qiyomat kuni uning aybini yaşiradi” (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Yana bir örinda: “Yaxşilaringizning adaşişlaridan köz yuminglar”, deydilar (Abu Dovud rivoyati).
Boşqa bir hadisda esa: “Kim musulmon birodarining aybini yaşirsa, Alloh uning aybini qiyomat kuni yaşiradi. Kim musulmon birodarining aybini oşkor qilsa, Alloh uning aybini oşkor qiladi, hatto uni öz uyida ham şarmanda qiladi”, deyiladi (Ibn Moja rivoyati).
Çunki ayblarni oşkor qiliş, bir mömindan sodir bölgan işni sözlaş yomonlikni yoyiş hisoblanadi. Ulamolar: “Işlarning a'losi ayblarni yaşirişdir”, deyişgan.
Fuzayl ibn Iyoz aytadi: “Mömin yaşiradi va nasihat qiladi, fojir esa oşkor qiladi va ayblaydi”.
Biroq fisqu fujur işlarni qilayotgan kişini körganda, uni qaytariş vojib sanaladi. Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam:











