21 sentabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov raisligida respublikadagi tuman-şahar boş imom-xatiblari yiğilişi bölib ötdi.
Idora matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, keskin va tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda joriy yilning ötgan davrida masjidlar imom-xatiblari, imom-noiblari va otinoyilar tomonidan amalga oşirilgan işlar muhokama qilingan.
«Natijada, öz vazifasiga vijdonan yondaşmagan, mömin-musulmonlar ehtiyojlarini qondirişda jiddiy sa’y-harakat qilmagan va imomlik maqomiga munosib bölmagan 4 nafar tuman boş imomi işdan olindi va 1 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi», – deyiladi xabarda.
Jumladan:
- Surxondaryo viloyati Termiz tumani boş imomi Oçilov Yahyo;
- Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani boş imomi Mamatqulov Mamayusuf;
- Andijon viloyati Şahrixon tumani boş imomi Turğunov Izzatulloh;
- Toşkent şahar Sergeli tumani boş imomi Axbutayev Eşmurod egallab turgan uşbu lavozimidan ozod etildi.
- Farğona viloyati Söx tumani boş imomi Kamolov Vohidjonga intizomiy çora körildi.
Yiğilişda, şuningdek, joriy yilning 8 oyi davomida iş faoliyatidagi xato-kamçiliklarga yöl qöygani sababli 15 nafar imom-xatib, 6 nafar imom-noib va 2 nafar viloyat muhtasibi vazifasidan ozod etilgani, 19 nafar imom-xatib va imom noibiga «hayfsan» intizomiy çorasi berilgani ta’kidlangan.

Musulmonlar idorasining ma’lum qilişiça, tanqidiy ruhda ötgan yiğilişida muftiy Nuriddin Xoliqnazarov barça diniy soha xodimlarini jiddiy ogohlantirgan:
«Majlisda ayrim imom-domlalar bosar-tusarini bilmay qolgani, amaldagi qonun talablarini mensimayotgani va mömin-musulmonlar bölinişiga sababçi bölayotgani diniy sohaga katta doğ ekani afsus bilan qayd etildi.

















