Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy bosqiçlarda ğoliblikni qölga kiritgan 14 nafar imom-xatiblar qatnaşgan musobaqada 1-örin Toşkent viloyati Piskent tumani «Sobirxon ota» jome masjidi imom-xatibi Sunnatilla domla Ernazarovga nasib qildi.

2-öringa Jizzax şahri «Ravalliq» jome masjidi imom-xatibi Bekmuhammad domla Aliboyev, 3-öringa Marğilon şahri «Xudoyor hoji» jome masjidi imom-xatibi Ikromjon Tursunov munosib körildi.
Musobaqa tuman (şahar) bosqiçi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi hamda respublika bosqiçidan iborat. Respublika bosqiçi 7 turdan iborat bölib,unda imomlar 1-turda tafsir, 2-turda aqoid, 3-turda fiqh, 4-turda islom tarixi, 5-turda hadis ilmlari, 6-turda Movarounnahr allomalari hayoti va ijodiga oid savollar hamda 7-turda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlaş borasida amalga oşirilgan işlari asosida baholangan.

Şuningdek, 1-örin sohibi I darajali diplom va bazaviy hisoblaş miqdorining 55 baravari miqdorida pul mablaği, 2-örin sohibi diplom va bazaviy hisoblaş miqdorining 45 baravari, 3-örin sohibi diplom va bazaviy hisoblaş miqdorining 35 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.


















