Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogadishodagi mehmonxonaga hujum qurbonlari soni 28 kishigacha yetdi
"Ash-Shabob" guruhi jangarilarining Somali poytaxti Mogadishodagi mehmonxonaga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 kishigacha yetdi, deb xabar berdi "Frans Press" axborot agentligi.
Avvalroq 14 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 25 yanvar ertalab Dayah mexmonxonasi eshigiga minalashtirilgan avtomobil kelib urilgan. Birinchi portlashdan so‘ng ikkinchi portlash yuz bergan. So‘ngra ichkariga jangarilar bostirib kirgan va otishma boshlangan.
Ma'lum qilinishicha, yana 43 kishi jarohat olgan.
Dayah mehmonxonasi Somali parlamenti binosi yaqinida joylashgan. Unda ko‘pincha siyosatchilar, hokimiyat organlari vakillari va tadbirkorlar to‘xtaydilar.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
14:56 / 27.11.2025
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
14:56 / 14.03.2025