Rossiya mudofaa vazirligi Fellonning tanqidiga javob berdi
Rossiya jangovar kemalari ma'nisiz eskort xizmatlarga muhtoj emas, deb bayonot berdi Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov. U Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning so‘zlarini izohlar ekan, shunday fikrlarni bildirgan.
Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon Birlashgan Qirollik qirg‘oqlari yaqinidan o‘tayotgan Rossiya jangovar kemalari guruhini tarkibidagi "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasini "sharmandali kema" deb atagan edi. Fellon, shuningdek, Britaniya harbiy-dengiz kuchlari uni kuzatib qo‘yayotganini aytgandi.
"Bunday bayonotlar va bizning kemalarni kuzatib qo‘yish bilan ko‘rsatilgan tomoshalardan maqsad – Britaniya soliq to‘lovchilarining e'tiborini Qirollik harbiy-dengiz kuchlarining haqiqiy ahvolidan chalg‘itishdir", — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Konashenkovning qayd etishicha, Rossiya harbiy kemalari ma'nisiz eskort xizmatlarga muhtoj emas, chunki ular yo‘lini juda yaxshi biladi. Ikkinchidan, deb qayd etgan general-mayor, janob Fellon Britaniya flotiga ko‘proq diqqatini qaratsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Shimoliy dengiz flotining "Admiral Kuznetsov" yetakchiligidagi kemalari guruhi O‘rta yer dengizida Suriyadagi terrorchilarga havo zarbalari berish amaliyotini bajarib ortga qaytmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024