Olimlar, ziyolilar, mamlakat va millat kelajagi uçun çuqur qayğurganlarni yaqin-yaqingaça bir narsa qiynab kelardi: nega yoşlarimiz, umuman, fuqarolarimiz örtasida kitobxonlik madaniyati pasayib ketdi, nima uçun yerdan kökka kötaradigan, bizni barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yoruğlik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxşilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravişda anglatişga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kaşfiyot – kitobning qadri tuşib ketmoqda? Ne sababdan ayrimlar kitob öqiganlarni zamondan orqada qolayotganlar qatoriga qöşib qöymoqda?

Darhaqiqat, bu savollar barçamizni qiynar edi. Men şu örinda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning 2016 yil 19 oktabrda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati-Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdidagi saylovoldi ma'ruzasida bildirilgan ayrim fikrlari xususida töhtalmoqçi edim. Ma'ruzada bugungi kunda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qiliş va yangilaş, barqaror taraqqiyotga erişiş haqida söz yuritiş mumkin emasligiga e'tibor berilgan. 

“Ayni paytda, - deydi Şavkat Miromonoviç, - axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni özlaştiriş bilan birga, yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişini oşirişga, ularni kitob bilan döst bölişga,  aholining kitobxonlik saviyasini yanada oşirişga alohida e'tibor qaratiş lozim böladi. Buning uçun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylaştiriş va ularni keng tarğib qilişga alohida e'tibor berişimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. (“XXI asr”, 2016, 20 oktabr)

Gapning oçiğini aytadigan bölsak, uşbu fikrlar mamlakatimizdagi barça ziyolilar, millat kelajagi, uning ma'naviy barkamolligi uçun taşvişda bölganlarning yurak-yuragidagi gap böldi. Kitob barçamizga çaroğon yölni körsatişini, ma'naviy olamimizni şakllantirişini, kelajakdagi yagona yagona töğri yölni tanlaşga yordam berişini bilsakda, uni öqimasak, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kaşfiyot ekanligini tuşunsakda, ammo uni “kult” darajasiga kötarmasak-bu holda bizning kitob töğrisidagi tasavvurlarimiz xato bölmaydimi?

Ana şu fikrlar bilan oşno bölib turganimizda, keçagina muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviçning “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida” (2017 yil 12 yanvar)gi farmoyişi e'lon qilindi. Mazkur farmoyiş kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma'naviy hayotidagi örni va rolini yana bir yangi bosqiçga kötarganligi bilan izohlanadi. Ta'kidlanişiça, bugungi kunda matbuot, noşirlik va axborot sohasida tegişli huquqiy asos yaratilgan bölib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. 1677 ta matbaa korxonalari, 118 ta naşriyot davlat röyxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta hududiy birlik axborot-kutubxona markazi, tuman va şahar markazlaridagi ta'lim mussasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Şarq ziyokori” va “Özdavkitobsavdota'minot” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati körsatiş yölga qöyilgan.