“Toşşahartransxizmat” kompaniyasi joriy yilda jamoat transporti yölkira haqini oşiriş rejalaştirmayapti, deb xabar berdi aksiyadorlik kompaniya boşqaruv raisi Otabek Sodiqov. Bu haqda “Sputnik” ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, kompaniya faoliyati samaradorligini oşiriş, xarajatlarni optimizatsiya qiliş natijasida narxlar oldingi darajada qoldirilgan.

“Soliqlar va yonilği narxi oşişiga qaramasdan, biz bugungi kunda joriy yilda yölkira haqini oşiriş rejalari yöqligini aytişimiz mumkin”, - deb ta'kidlab ötdi Sodiqov.

Ma'lumot uçun, Toşkent jamoat transportida yölkira haqi ötgan yilning 1 aprel kuni oşirilgandi. Öşanda narxlar 20 foizga oşgan. Odatda, poytaxt ma'muriyati jamoat transporti yöl haqini 1 apreldan oşiradi. Şu bilan bir qatorda, 2015 yilda narxlar oşirilmagan edi.

Yaqin yillar davomida esa poytaxt jamoat transporti tizimi jiddiy ravişda özgartirilişi belgilangan. Şu tariqa, Toşkentda 80ta yangi yönaliş taşkil qiliş va samarasiz yönalişlarni özgartiriş rejalaştirilgan.