AQŞ joriy yilda Filippindagi harbiy bazalarini modernizatsiya qilib, ular hududida yangi inşootlar barpo etadi, deb ma'lum qildi Filippin mudofaa vaziri Delfina Lorenzanuga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Pentagon ikki davlatning mudofaa sohasidagi hamkorligini kengaytiriş haqidagi kelişuvi (EDCA) doirasida işni boşlaşga körsatma bergan.  

"EDCA hamon amal qiladi", deb aytgan Lorenzana. Uning aytişiça, Vaşington beşta kelişilgan joyda uçiş-qöniş polosalari, omborlar va kazarmalar quriş majburiyatini olgan. Ma'lum qilinişiça, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte uşbu loyihadan xabardor qilingan va AQŞ bilan barça mavjud kelişuvlarga amal qilişga va'da bergan.

Avvalroq AQŞ va Filippin qurolli kuçlari vakillari birgalikdagi maşğulotlar kölami va sonini hamda ularga jalb qilinadigan amerikalik harbiylar sonini kamaytirişga kelişib olganlari ma'lum qilingandi.  

Ötgan yili Duterte Filippindan AQŞning harbiy kontingentini özining prezidentlik muddati oxirigaça, ya'ni 2022 yilgaça çiqarib yuborişini va uni boşqa xorijiy qöşinlar bilan almaştirmasligini aytgandi.