Xitoylik maşhur milliarder tadbirkor Jyek Maning Alibaba Group kompaniyasining moliyaviy şö'ba korxonasi — Ant Financial — Amerikaning MoneyGram International Inc xalqaro pul ötkazmalari xizmatini xarid qilişga kelişib oldi. Bitim qiymati 880 mln dollarni taşkil etdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Xabarlarga qaraganda, Ant Financial MoneyGram xizmatining har bir aksiyasi uçun 13,25 dollardan naqd tölaydi. Amerika kompaniyasining aksiyasi 25 yanvar kungi savdolarda 11,88 dollardan sotilgan. Şunday qilib, qimmatli qoğozlarga qöşilgan ustama 11,5 foizni taşkil etgan.

MoneyGram bitim amalga oşirilgaç, öz brendi ostida işlaşni davom ettiradi hamda Dallasdagi boş qarorgohini saqlab qoladi. Kompaniya tarmoği 200 mamlakatdagi 350 mingdan ortiq bölimni öz içiga oladi. MoneyGram tizimlarida 2,4 mlrd hisob raqami röyxatga olingan.

MoneyGram Ant Financial kompaniyasining ikkinçi yirik xaridi hisoblanadi. 2016 yilda Ant Financial közni skan qila oladigan dasturiy ta'minot işlab çiqişga ixtisoslaşgan EyeVerify Inc firmasini xarid qilgan edi.

Ant Financial kompaniyasi xizmatidan Xitoyning özida 450 mln kişi foydalanadi. Ant Financial bozor qiymati 75 mlrd dollar deb baholanadi.