Boliviya prezidenti Evo Morales 26 yanvarda özining meksikalik hamkasbi Enrike Penya Netoni AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati harakatlari sababli Janubiy Amerika davlatlari bilan ittifoq yaratişga e'tibor qaratişga çaqirdi.
"Men meksikalik birodarlarimni janubga qaraşga, bizning Lotin Amerikasi va karibça bir xilligimiz negizida birdamlik yaratişga çaqiraman", deb yozgan Morales tvitterda.
Bu bayonot azaliy hamkorlar AQŞ va Meksika örtasida munosabatlar kesinlaşgani ortida bildirilgan. Saylovoldi kampaniyasi vaqtida Meksikaga qarşi nutqlari bilan tanilgan Tramp prezident lavozimini bajarişga kirişişi bilanoq Meksika bilan çegarada devor qurişga körsatma bergan. Tramp quriliş uçun pulni Meksika tölaşini talab qilmoqda, biroq Meksika prezidenti buni qilişni qat'iyan rad etgan. Natijada bu ziddiyat Tramp va Neto örtasida 31 yanvarga belgilangan uçraşuvning bekor qilinişiga olib keldi.

















