Dubayda dunyodagi eng yaxşi davlat xizmatlarini işlab çiqariş va taqdim etiş asosiy vazifasi bölgan iste'molçilar baxt fabrikasi oçildi. Yangi kompaniyani oçiliş marosimida vitse-prezident, BAA boş vaziri va Dubay hokimi Muhammad bin Raşid Al Maktum amirlik davlat organlari tomonidan körsatilayotgan iş sur'atini jadallaştiriş va xizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça körsatmalar berdi.
Oldinga qöyilgan maqsadlar yaqin ikki yil içida amalga oşirilişi zarur. «Bizning hukumat idoralarimiz yaqin ikki yil davomida dunyodagi eng yaxşi davlat xizmatlarini taqdim etişini istayman. Biz barça taşkilotlardan yangi fabrikaning ijodiy va innovatsion ğoyalariga asoslanib, xizmatlar yetkazişni takomillaştiriş böyiça barça zaruriy harakatlarni kutib qolamiz», - deya qayd etdi şayx Muhammad.
Dubay hokimi taqdim etilayotgan davlat xizmatlari yaxşilanişini şaxsan özi nazorat qilişini ta'kidlab ötdi.
Şayx Muhammad iste'molçilar baxti hukumat idoralari uçun eng muhim ustuvor masalalardan ekanligini qayd etdi. «Hukumat insonlarga xizmat qiliş, ularga öz imkoniyatlarini röyobga çiqarişda yordam beriş uçun mavjuddir. Istalgan hukumatning asosiy vazifasi – insonlarni baxtli qiliş, ularning intilişlarini amalga oşiriş va umidlarini oqlaş», - deya izohladi BAA prezidenti örinbosari.
Iste'molçilar baxti fabrikasi – amirlikning ajoyib taşabbusi bölib, maqsadlarga erişiş uçun jamoaviy işlaşni talab qiladi va mamlakat hamda milliy ğoyalarni rivojlantiriş böyiça hukumat qaraşlariga mas'ul hisoblanadi. Şu kuni şayx Muhammad xususiy sektor korxonalarida iş bilan ta'minlaş böyiça yoşlarning imkoniyatini oşiriş töğrisida bitim imzoladi.












