AQŞ prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan kelayotgan dam oliş kunlari telefon orqali muloqot qilmoqçi, deb ma'lum qildi tvitterda NBC telekanali muxbiri Xelli Jyekson.

"Ma'muriyat xabariga köra, prezident Tramp va Vladimir Putin kelayotgan dam oliş kunlari telefon orqali suhbatlaşadilar. Bu Tramp inauguratsiyasidan keyin Putinga ilk qönğiroq böladi", deb yozgan muxbir.

Putin va Tramp örtasida 14 noyabrda, Tramp saylovlarda ğolib bölgandan keyin telefon orqali muloqot bölib ötgan. Öşa suhbatda rahbarlar davlatlari örtasida munosabatlarni yölga qöyişga kelişib olişgan.