AQŞ prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan keyin himoyalanganroq smartfon foydasiga özining şaxsiy smartfonidan voz keçişi kerak edi. Biroq The New York Times naşri Trampning Android-qurilmasi hamon uning yonidaligini körsatgan.
Oq uy xavfsizlik xizmati Trampga özining Android-smartfonidan foydalanişni töxtatişni va raqamini özgartirişni tavsiya qilgan. U esa bunga rozilik bildirgan.
Biroq Trampning tvitterdagi @realDonaldTrump nomli akkauntida uning özi tomonidan Android dasturidan yuborilgan keskin ruhdagi tvitlar muntazam paydo bölmoqda. Ştab xodimlari tvitlari esa iPhone’dan yuboriladi.
AndroidCentral mutaxassislarining fikriça, Tramp 2012 yil may oyida sotuvga çiqarilgan Samsung Galaxy S3 smartfonidan foydalanadi.












