Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi va yuridik xizmatlar faoliyatidagi özgarişlar 26 yanvar kuni Adliya vazirligida bölib ötgan anjumanda muhokama qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anjumanda qayd etilganidek, yuridik xizmat öz örni va mavqeiga ega bölgan taşkilotda albatta barça işlar qonun talablari asosida olib boriladi. Huquqbuzarliklarning oldi olinadi. Lekin amalda bu xizmatlar zimmalaridagi mas'uliyatini tölaqonli bajara olmayotgani sir emas.
Yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta'minot darajasi ham mazkur sohaga oliy yuridik ma'lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilişga tösqinlik qilgan. Bu esa yuridik xizmatlar işining sifatiga salbiy ta'sir ötkazib kelgani bor gap. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi. Ayni paytda davlat organlari va taşkilotlarida yuridik xizmat ştat birliklari soni 3,3 mingdan ortiq bölsa-da, amalda faoliyat yuritayotgan yuristlar soni qariyb 2,6 ming nafarni taşkil etadi.
Davlat rahbari qarorida ham yuridik xizmatlarni taşkil etişda tartib yöqligi va ular ştat birliklarida normativlar mavjud emasligi ta'kidlab ötilgan. Yuridik xizmatlar tomonidan huquqlarning amaliyotga mosligini örganiş, qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflarni tayyorlaş böyiça samarali işlar olib borilmagan. Mazkur sohadagi işlar huquqni muhofaza qiliş va nazorat qiluvçi organlar tomonidan aniqlangan kamçiliklar va qonun buzilişlarini bartaraf etiş böyiça çoralarni amalga oşiriş lozimligini körsatdi.
Prezidentning yuridik xizmatlar faoliyatini yaxşilaş töğrisidagi 19 yanvarda qabul qilingan qarori davlat organlaridagi yuristlar rolini oşiradi. Endilikda buyruqlar, qarorlar, şartnomalar va boşqa hujjatlar loyihalari majburiy tartibda yuridik xizmatlar tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi. Yuridik xizmatlarning davlat organlari qarorlari böyiça jismoniy va yuridik şaxslar huquq va erkinliklariga ta'sir körsatuvçi xulosasining olinişi majburiy qilib belgilandi.
Davlat organlarida yuridik xizmat xodimlarini işga tayinlaş va vazifasidan ozod qiliş uçun majburiy tartibda adliya organlari bilan kelişiş şart.
Hujjatda yuridik xizmatlar xodimlari moddiy rağbatlantirilişi ham belgilangan. Har bir çorakda ular sudda yoki sudgaça tartibda davlat organlari foydasiga undirilgan mablağlarning 5 foizi miqdorida mukofotlanadi. Bundan taşqari, ularning mansab toifalariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qöşimça oylik iş haqi belgilanadi.
Yuridik xizmat xodimi sifatidagi faoliyat boşqa davlat organlari, jumladan, huquqni muhofaza qiliş va nazorat qiluvçi tuzilmalarga ötilganda, iş stajiga sinf unvoni va xizmat qilgan yillar uçun qöşimça tölovlarni hisoblaş va tölab beriş uçun hisobga olinadi. Mazkur mutaxassislik böyiça uç yillik iş tajribasiga ega bölgan yuridik xizmatlar xodimlari amaliyotdan ötmagan holda advokatlik litsenziyasini oliş böyiça malaka imtihonida iştirok etişlari mumkin.












